Fargʻona shahrida plastik karta hisobiga aldov yoʻli bilan pul tushirib olgan shaxs aniqlandi
Fargʻona shahri. 2021-yilning 03-dekabr kuni N.O ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 02-noyabr kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, ijaraga uy topib berishi aytib, bank plastik kartasiga 400.000 soʻm pullarini oʻtkazdirib olib, aldov yoʻli bilan pullarni qoʻlga kiriganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati