27 Mart 2023 yil 353

Fargʻona shahrida plastik kartadan 15.288.000 soʻm pullarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. S.D ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 30 dekabr kuni, nomaʼlum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasiga kompyuter tizimi orqali ruxsatsiz kirib, jabrlanuvchiga sezdirmasdan plastik kartasi hisobida boʻlgan 15.288.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab yechib olganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan S.B va T.O.lar sodir etganligi aniqlanib, protsesssual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech