22 Iyun 2023 yil 211

Fargʻona shahrida plastik karta hisobida boʻlgan pullarni aldov yoʻli bilan yechib olgan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. M.S ismli ayol IIbga murojaat qilib, unda 2023-yil 01-yanvar noma’lum shaxs ijtimoiy tarmogʻidagi telegram kanali orqali arzon ayollar kiyim-kechagini sotishini aytib tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasining xos raqamini qoʻlga kiritib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 800.000 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan yechib olganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni N.D ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech