Fargʻona shahrida paynet shaxobchasi seyfidan 31.462.000 soʻm pullarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar. Fuqaro T.E IIBga murojaat qilib, 2023-yilning 25-aprel kunidan 25-may kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida, noma’lum shaxs S.Temur koʻchasida joylashgan paynet shaxobchasidagi seyfidan 31.462.000 soʻm pullarni yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.K sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati