18 Yanvar 2023 yil 432

Fargʻona shahrida oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilib, savdogarga 100 AQSH dollari miqdoridagi qalbaki suviner pulni berib aldagan shaxs aniqlandi

Fargʻona shahar. Fuqaro T.D IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 29-dekabr kuni noma’lum shaxs Orom koʻchasida joylashgan savdo doʻkoniga kelib, uning ishonchiga kirib, umumiy narxi 1.700.000 soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilib, unga 100 AQSH dollari miqdoridagi qalbaki suviner pulni berib, uni savdo ishlarini bilan chalgʻiganidan foydalanib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni N.D sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech