Fargʻona shahrida oʻzini shubxali tutgan shaxsning yonidan giyohvandlik moddasi topildi
Fargʻona shahar.2022-yilning 24-iyun kuni Fargʻona viloyati IIB PPX 1-batalon xodimlari shahar markazida tungi xizmatni olib borayotgan vaqtda oʻzini shubxali tutgan I.A.ni yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda egnidagi shimini chap choʻntagida 1 dona rangsiz tselofon paketda “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati