12 Avgust 2022 yil 314

Fargʻona shahrida oʻz hisob raqamiga aldov yoʻli bilan 10.700.000 soʻm pullarni oʻtkazib olgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Fargʻona shahar.Fuqaro U.O IIBga murojaat qilib, unda 05-dekabr kuni 2021-yilning 16-noyabr kuni noma’lum shaxs Farobiy koʻchasida joylashgan savdo doʻkonida ishonchiga kirib, uni hisob raqamiga pul oʻtkazib bersa unga naqd pul berishini aytib, oʻzining hisob raqamiga 10.700.000 soʻm pullarni oʻtkazib olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan pulni qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni A.R sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech