Fargʻona shahrida oshxonaga oʻgʻirlikka tushgan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar.Fuqaro D.M IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 04-iyul kuni noma’lum shaxs shaharda joylashgan oshxonasi kirish yoʻlagida qarovsiz qolgan 2 dona muzlatgich va 1 dona musiqa apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni T.S sodir etganligi aniqlanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati