Fargʻona shahrida “ogʻufurush” qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar. 2023 yilning 14 fevral kuni, shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, N.A Al-Xorazmiy koʻchasida, 300.000 soʻm evaziga 10 dona “Tramadol lannaxer” nomli giyohandlik dori vositasini sotgan vaqtida daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati