Fargʻona shahrida ogʻufurush qoʻlga olindi
Fargʻona shahri. 2022-yilning 6-aprel kuni Fargʻona shahar IIO FMB JQB hamda 4-son IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda Quvasoy koʻchasida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro B.U. 650.000 soʻm evaziga “Gashish” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida xolislar ishtirokida daliliy ashyo bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlandi.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati