15 Iyun 2023 yil 1034

Fargʻona shahrida “ogʻufurush” giyohvandlik moddalarini sotayotgan vaqtda qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. 2023-yilning 08-iyun kuni VIIB JQB va shahar IIO FMB JQB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Besh-bola mahalla hududida yashovchi U.U Shodiyona mahalla hududidagi Aeroport koʻchasida joylashgan oshxona oldida, 10.000 AQSH dollar evaziga 1.072,57 gramm “Gashish” giyohvandlik moddalarini sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech