13 Mart 2023 yil 359

Farg'ona shahrida og'ufurush ayol qo'lga tushdi

Farg'ona shahar. 2023 yilning 08 mart kuni IIO FMB JQB tezkor xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Ismoilova ko'chasida yashovchi R.Yo ismli ayol yashash xonadonida to'rt bo'lak “gashish” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Farg'ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi ko'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʻmol qilish sog'lig'ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.

Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs etti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech