Fargʻona shahrida “Ogʻu” saqlagan shaxs aniqlandi
Fargʻona shahar. 2023-yilning 19-iyul kuni, Fargʻona viloyati IIB PPX 3-guruh xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, savdo doʻkoni oldida oʻzini shubxali tarzda tutgan M.M.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, “Gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati