11 Yanvar 2022 yil 460

Fargʻona shahrida oʻgʻirlik jinoyatini sodir qilgan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahri. 2021-yilning 24-iyul kuni Gʻallakon koʻchasida yashovchi fuqaro J.R IIBga murojaat qilib, unda 23-iyul kunidan 24-iyul kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoni mehmonxonasidagi shkaf ustida turgan narxi 1.350.000 soʻmlik tilla uzugini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni O.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech