Fargʻona shahrida oʻgʻirlik jinoyatini sodir etgan ayol fosh boʻldi
Fargʻona shahri 19-fevral kuni Sh.Rashidov koʻchasida yashovchi S.Yo IIBga murojaat qilib, unda 10-fevral kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadonida boʻlgan 2.000.000 soʻmlik
kiyim-kechaklarni va 200 AQSH dollarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganligini ma’lum qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.M ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati