7 Fevral 2022 yil 366

Fargʻona shahrida “Nexia-3”  va  “Gentra” avtomashinalarini sotib olib pullarini bermay boshqa fuqarolarga pullab yuborgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

 Fargʻona shahri. 2022-yilning 2-fevral kuni K.N IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning mart oylarida noma’lum shaxs uning ishonchiga kirib, “Nexia-3”  va  “Gentra” rusumli avtomashinalarini 19 300 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, avtomashinalarni olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan avtomashinalarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.N sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech