Fargʻona shahrida “Nexia-3” rusumli avtomashina olib berishligini aytib, fuqaroni aldagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona shahri. 10-oktabr kuni fuqaro L.R IIBga murojaat qilib, unda 2021-yil 05-iyul kuni noma’lum shaxs arzon narxda “Нехиа-3” rusumli avtomashina olib berishligini aytib uni ishonchiga kirib undan jami 1.300 AQSH dollarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati