Fargʻona shahrida misdan yasalgan taqinchoqni kumush deb aldab, sotgan ayolga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona shahri. 24-sentabr kuni O.D ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2019-yilning 29-avgust kuni noma’lum ayol ishonchiga kirib, misdan yasalgan taqinchoqlarni kumushdan yasalganligini aytib, 3.500.000 soʻmga sotib, aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pulni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.F ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati