24 Aprel 2023 yil 209

Fargʻona shahrida “Матиз” rusumli avtomashina salonidan 6.000.000 soʻmlik yangi oyoq kiyimlarni oʻgʻirlagan ayol qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. Neftchilar koʻchasida yashovchi fuqaro I.H IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 07-aprel kuni noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirilgan “Матиз” rusumli avtomashinasi salonidan yangi jami narxi 6.000.000 soʻmlik oyoq kiyimlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni K.Sh ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech