Farg'ona shahrida “marixuana” saqlagan shaxs qo'lga olindi
Farg'ona shahar.2 may kuni Farg'ona shahar IIO FMB HPB profilaktika inspektori tomonidan tungi xizmat olib borilayotgan vaqtda Sanoat ko'chasidan mast holda o'tib ketayotgan M.A o'zini shubxali tutganligi sababli to'xtatilib xolislar ishtirokida tekshirilganda shimini cho'ntagidan bir bo'lak “Gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Farg'ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste'mol qilish sog'lig'ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.
Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati