Fargʻona shahrida “marixuana” saqlagan shaxs aniqlandi
Fargʻona shahar.2022-yilning 29-sentabr kuni shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, M.Sh.ga tegishli boʻlgan Fargʻona koʻchasida joylashgan omborxona xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, omborxonada sumka ichida marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati