Fargʻona shahrida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
4-noyabr kuni viloyat IIB PPXvaJTSB 1-batalyon xodimlari A.Qodiriy koʻchasi 16-sonli koʻp qavatli uy oldida turgan G.S. yonini xolislar ishtirokida koʻzdan kechirganda egnidagi kiyimida “marixuana” moddani saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati