7 Yanvar 2023 yil 363

Fargʻona shahrida marixuana giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Fargʻona shahar.2023-yil 03-yanvar kuni Fargʻona shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Yormadoʻst mahalla hududida yashovchi Sh.I yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda choʻntagidan marixuana giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech