Fargʻona shahrida kredit olib berishni va’da qilib fuqaroni nomiga hujjat rasmiylashtirib bankdan 30.000.000 soʻm kredit pullarni aldab qoʻlga kiritgan shaxs qamoqqa olindi
Fargʻona shahri. 13-dekabr kuni fuqaro T.I IIBga murojaat qilib, unda 2019-yilning iyul oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib unga tegishli bankdan kredit olib berishini aytib uni nomiga, barcha hujjatlarni rasmiylashtirib bankdan 30.000.000 soʻm kredit pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan pullarni qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.K sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati