18 Yanvar 2022 yil 514

Fargʻona shahrida kredit olib berishni va’da qilib fuqaroni 2.400 AQSH dollarini qoʻlga kiritgan shaxga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Fargʻona shahri. 17-oktabr kuni fuqaro J.B IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning sentabr oyida noma’lum shaxs B.Margʻiloniy koʻchasida joylashgan bank oldida ishonchiga kirib, ushbu bankdan kredit olib berishi va sarf harajatlari uchun 2.400 AQSH dollari kerakligini aytib, pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Yu.U sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech