17 Fevral 2023 yil 354

Fargʻona shahrida klinikada fuqaroning sumkasidan 100 AQSh dollar pullarni oʻgʻirlagan ayol qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. Fuqaro A.D IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 01 fevral kuni nomaʼlum shaxs S.Axmad koʻchasida joylashgan klinika yotoqxonasida qarovsiz qolgan sumkasida boʻlgan jami 100 AQSh dollarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni O.S ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech