Fargʻona shahrida karcher oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi
Fargʻona shahar.01-avgust kuni X.O IIBga murojaat qilib, unda noma’lum shaxs Yangi Zamon koʻchasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shaxobchasida qarovsiz qoldirgan narxi 400 AQSH dollarlik karcherini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Fargʻona viloyati IIO FMB 2-son IIB JQG xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni A.A sodir etganligi aniqlanib, undan jabrlanuvchi X.O.ga tegishli boʻlgan “karcher” ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati