Fargʻona shahrida kafedan gaz plitasi va kondsioner oʻgʻirlagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona shahar.Fuqaro A.S IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 31-may kuni noma’lum shaxs Yangi asr koʻchasida joylashgan kafesiga devor oshish yoʻli bilan gʻayriqonuniy ravishda kirib, kafeda boʻlgan narxi 3.000.000 soʻmlik gaz plitasi va kondsionerni yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni B.E sodir etganligi aniqlanib, undan jabrlanuvchi tegishli boʻlgan gaz plitasi daliliy ashyo tariqasida olinib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati