Fargʻona shahrida “iPhone-8” rusumli uyali telefon aparatini sotib olib pullarini bermay aldagan shaxs javobgarlikka tortildi
Fargʻona shahri. 15-dekabr kuni O.N IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 05-dekabr kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan “Ayfon-8” rusumli telefon aparatini 320 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, pullarini oʻn kun muddatda berishini aytib, uyali telefon apparatini olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan uyali telefon apparatini qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati