Fargʻona shahrida "Internetda oʻynaladigan tavakkalchilikka asoslanadigan oʻyin" orqali 30.000.000 soʻm pullariga aldangan ayol IIBga murojaat qildi
Fargʻona shahri. 2020-yilning 30-dekabr A.G ismli ayol ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 28-dekabr kuni noma’lum shaxs internet ijtimoiy tarmogʻi orqali tanishib, ishonchini suiste’mol qilish orqali "Internetda oʻynaladigan tavakkalchilikka asoslanadigan oʻyin" uchun 30.000.000 soʻm pullarini tushurib olib, aldov yoʻli bilan pullarini qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni T.I sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati