Fargʻona shahrida ijtimoiy tarmoq orqali tillo taqinchoqlar sotib olmoqchi boʻlgan ayol firibgarga aldandi
Fargʻona shahar.I.A ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 29 dekabr kuni nomaʼlum shaxs telegramm ijtimoiy tarmogʻidagi tegishli nomli profil egasi u bilan tanishib, tillo taqinchoqlar savdosi bilan shugʻullanishini va unga ushbu tillolarni sotishini vaʼda qilib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 8.800.000 soʻm pullarini oʻtkazib olishiga erishib, pullarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni J.M sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati