25 Iyul 2023 yil 222

Fargʻona shahrida giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Fargʻona shahar. 2023-yilning 10-iyul kuni shahar IIO FMB MvaFRB va IIB TQX JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida Hamzaobod koʻchasida yashovchi B.T.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda tomorqasida 18 tup “Kannabis” giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech