8 Iyun 2023 yil 367

Fargʻona shahrida giyohvandlik oʻsimliklarni yetishtirayotgan shaxs aniqlandi

Fargʻona shahar. 2023-yilning 02-iyun kuni Fargʻona shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Yakkatut koʻchasida yashovchi A.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda tomorqasida 25 tup koʻknor giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech