Fargʻona shahrida giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi
Fargʻona shahar.2022-yilning 22-noyabr kuni Bozorboshi koʻchasida xizmat olib borayotgan Fargʻona viloyati IIB PPXvaJTSB 1-Mintaqaviy hudud 2-guruh xodimlari tomonidan oʻzini shubxali tarzda tutgan S.Sh.ni yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda marixuana giyohvandlik moddasi saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati