15 Fevral 2023 yil 401

Fargʻona shahrida giyohvandlik moddalarini saqlagan shaxs fosh boʻldi

Fargʻona shahar. 2023 yil 08 fevral kuni shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Quvasoy koʻchasida yashovchi M.M.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, oshxonasidagi muzlatgich ichida 1 litr bankada, 1 dona gugurt qutisida, gazeta varogʻiga oʻralgan holda “Marixuana” giyohvandlik moddalarni saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech