24 Iyun 2023 yil
374
Fargʻona shahrida giyohfurushlar qoʻlga olindi
Fargʻona shahar. 2023-yilning 21-iyun kuni, shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, U.B va K.M.lar bir guruh boʻlib, A.Qodiriy koʻchasida 250.000 soʻm evaziga “Gashish” giyohvandlik moddalarini sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanishgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati