24 Yanvar 2022 yil 383

Fargʻona shahrida «gashish» giyohvandlik moddasini sotgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Fargʻona shahri. 21-yanvar kuni shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida K.A A.Navoiy koʻchasida 500.000 soʻm evaziga toʻrt dona dona kulrang tselofan paketlarga oʻralgan holdagi “gashish” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, prоtsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech