Fargʻona shahrida gashish giyohvandlik moddalarini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar.2022-yilning 06-avgust kuni viloyat IIB PPX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Yu.U Sh.Rashidov koʻchasida oʻzini shubxali tarzda tutganligi uchun yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati