10 Yanvar 2023 yil 436

Fargʻona shahrida gashish giyohvandlik moddasini sotgan ayol qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar.08-yanvar kuni shahar IIO FMB JQB hodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, A.Qodiriy koʻchasida B.M ismli ayol gashish giyovandlik moddasini 200.000 soʻm evaziga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech