30 May 2023 yil 389

Fargʻona shahrida fuqaroning ishonchiga kirib plastik kartasidan 10.000.000 soʻm pullarini aldab qoʻlga kiritgan shaxs aniqlandi

Fargʻona shahar. Fuqaro M.B IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 22-dekabr kuni noma’lum shaxs “telegramm” ijtimoiy tarmogʻi orqali ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan parfyumeriya mahsulotlarini sotib olishini aytib, tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasi maxfiy kodini qoʻlga kiritib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 10.000.000 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan yechib olganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.U sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech