Fargʻona shahrida fuqaroning hisobidagi pullarni aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxs fosh boʻldi
Fargʻona shahri. 2021 yilning 09-dekabr kuni Z.B IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, uni hisob raqamiga pul oʻtkazib bersa unga naqd pul berishini aytib, oʻzining hisob raqamiga 1.800.000 soʻm pullarni oʻtkazib olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan pulni qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni N.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati