20 Iyun 2023 yil 202

Fargʻona shahrida fuqaroning ishonchiga kirib, 2.070.000 soʻm pullarni qoʻlga kiritgan ayol aniqlandi

Fargʻona shahar. Fuqaro H.D 2023-yilning 25-may kuni noma’lum shaxs telegram ijtimoiy tarmogʻining tegishli guruhi orqali bilan tanishib, arzon narxda ayollar kiyimlarini sotishini e’lon qilib, toʻlovlarni oldindan qabul qilishini, mahsulotni esa manzilga yetkazib berishlarini aytib ishontirganligi sababli, u yuborgan hisob raqamga 2.070.000 soʻm miqdoridagi pullarni oʻtkazdirib berganidan soʻng, u bilan yozishgan xabarlarni oʻchirib tashlaganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni N.D ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech