Fargʼona shahrida fuqaroni Koreya davlatiga ishga joʼnatmoqchi boʼlgan shaxs javobgarlikka tortildi
Fargʼona shahri. 2021 yilning 31 dekabrь kuni fuqaro K.M IIBga murojaat qilib, unda 2020 yilning avgust oyida nomaʼlum shaxs shahar markazida Gulshan MFY hududida ishonchiga kirib, 500 АQSh dollari evaziga ukasini Koreya davlatiga ishga yuborishni aytib, pullarini olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yoʼli bilan qoʼlga kiritgan pullarni oʼz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni U.J sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʼlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati