21 Dekabr 2021 yil 395

Farg‘ona shahrida fuqaroni aldab pullarini qo‘lga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi

 

Farg‘ona shahri. 11 dekabr kuni fuqaro D.B IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning 04 dekabr kuni nomaʼlum shaxs shahar markazida ishonchiga kirib, 100 AQSH dollarini 1.080.000 so‘mga ayirboshlab berishini aytib, aldov yo‘li bilan 1.045.000 so‘mini berib, qolgan 350.000 so‘m pullarini qo‘lga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni J.O sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech