21 Dekabr 2021 yil 289

Fargʻona shahrida fuqarolardan 89.200.000 soʻmlik noqonuniy pirotexnika vositalari olindi

Joriy yilning 20-dekabr kuni Fargʻona viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi hamda Fargʻona viloyati IIB birinchi mintaqaviy hudud Fargʻona shahar boʻyicha IIO FMB 2-son IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida noqonuniy pirotexnika vositalari savdosiga chek qoʻyildi. Fuqaro L.U hamda D.I.lar oʻzaro til biriktirib 360 dona “x081 novyy vek” nomli, 360 dona “x057 Suppermen” nomli, 40 dona “A7 salyut” nomli, 8 dona “x090 novyy vek” nomli 2400 dona “Mini salyut” nomli, 300 dona “x082 s novym godom” nomli umumiy narxi 89.200.000 soʻmlik pirotexnika vositalarini noqonuniy ravishda Fargʻona shahar, Sh.Rashidov koʻchasida joylashgan xonadoniga olib kirayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilib olindi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech