Farg‘ona shahrida fuqaroga eshik va rom yasab berishni vaʼda qilib aldagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Farg‘ona shahri. 04 dekabr kuni Bo‘ston MFY hududida yashovchi T.Sh. IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning 12 oktyabr kuni nomaʼlum shaxs ishonchiga kirib, 10.300.000 so‘m evaziga yashash xonadoni uchun eshik va romlarni yasab o‘n besh kun muddatda olib kelib o‘rnatib berishni aytib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan pullarini qo‘lga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.O. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.
Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati