18 Oktyabr 2021 yil 376

Fargʻona shahrida fuqaro ikki bosh qoʻylarni sotib pullariga chuv tushdi

Fargʻona shahri. 13-iyul kuni fuqaro Yu.N IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning may oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan narxi 1.500.000 soʻmlik ikki bosh qoʻylarini sotib olishga kelishib, pullarini oʻn kun muddat ichida berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan qoʻylarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligi bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.Q sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech