25 Aprel 2022 yil 397

Fargʻona shahrida firibgarlikda gumonlangan ayol qoʻlga tushdi

Fargʻona shahri.2022-yilning 07-mart kuni K.S ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs oʻziga tegishli boʻlgan shahar markazida joylashgan kiyim-kechak savdo doʻkonida ishonchiga kirib, soxta taqinchoqlarni haqiqiy tilla taqinchoq ekanligini yolgʻondan aytib aldab, 10.100.000 soʻm pullari va narxi 7.400.000 soʻmlik kiyim-kechaklarini firibgarlik yoʻli bilan olib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni B.L ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech