18 Yanvar 2022 yil 394

Fargʻona shahrida fermer xoʻjaligi binosiga oʻgʻirlikka tushgan shaxs qoʻlga olindi

Fargʻona shahri. 2022-yilning fuqaro B.S IIBga murojaat qilib, unda 13-yanvar kuni, 2022-yilning yanvar oyi boshidan shu kunga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs oʻziga qarashli 8-mart koʻchasida joylashgan fermer xoʻjaligi binosiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan umumiy narxi 10.000.000 soʻmlik bir dona arava, ikki dona avtomashina akkumulyatori va temir buyumlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.X sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech