2 Aprel 2022 yil
376
Fargʻona shahrida “Epika” rusumli avtomashina olib berishini aytib pullarni qoʻlga kiritgan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahri.2022-yilning 14-fevral kuni S.Sh M.A.ning ishonchiga kirib, “Epika” rusumli avtomashina olib berishini aytib, 3.400 AQSH dollarini olib, pulni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati